Azar kinoda o'zining rolini kim ijro etishini istashini aytdi

Mirjalol Normatov
26 sen 2019, 22:27
"Real" futbolchisi Eden Azar Madrid derbisidan oldin kichik savol-javobda qatnashdi.

- Sizningcha derbi qanday o'yin?
- Derbi bu ajoyib o'yin. Hayotimda bunday o'yinlarda ko'p qatnashganman. Ammo bunisi boshqacha.

- Qaysi qo'shiqchini yaxshi ko'rasiz?
- Jonni Xolidey bilan birga tushlik qilishni istayman. Uning qo'shiqlarini yaxshi ko'raman.

- Kinoda sizning qahramoningizni kim o'ynashini istagan bo'lardingiz?
- Mening rolimni kinoda Bred Pitt o'ynashini istagan bo'lardim.

- Hayotingizda ko'rgan eng chiroyli gol?
- Zidanning "Bayer"ga havodan kelgan to'pni to'xtatmasdan urgan goli.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express