
“O'ylashimcha, ikkala jamoa o'ziga yarasha kuchli. Bilmadim, hammasi maydonda hal bo'ladi, ammo imkoniyatlar teng. Balki, bu mening hayotimdagi eng muhim uchrashuv bo'lar. G'alaba qozonib, tarix yozishda davom etishimizga umid qilaman. Argentina terma jamoasi safida birgina buyuk futbolchi bor va u bir o'zi uchrashuv taqdirini hal qilishi mumkin. Agar biz Messini to'xtata olsak, hammasi osonroq bo'ladi, ammo buni qanday qilishni bilmayman” – deydi Azar.