

Avstriya terma jamoasi va Frankfurtning "Ayntraxt" klubi himoyachisi Martin Xinteregger professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
"Yevropa Ligasida g'alaba qozonish menga juda yoqdi, chunki bu mening ikkinchi uyimga aylangan shahardagi fantastik muxlislar bilan so'nggi yirik g'alabam bo'lishini allaqachon bilardim. Men jamoada o'tkazgan vaqtimni katta minnatdorlik va quvonch bilan eslayman", – dedi Xinteregger.
Xinteregger frankfurtliklar safida 138 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Martin 2021/2022 yilgi mavsumda "Ayntraxt" bilan Yevropa Ligasida g'olib chiqdi.



