"Ayaks" MYUga qarshi o'yinni yangi formada o'tkazadi
Tolibjon Qosimov
22 may 2017, 19:36
Xabaringiz bor, 24 may kuni Yevropa ligasi finalida Angliyaning "Manchester Yunayted" va Gollandiyaning "Ayaks" klublari o'zaro bellashadilar.
Bugun gollandiyaliklar kelasi 2017-2018 yilgi mavsum uchun yangi formalarini taqdim etishdi. E'tiborlisi, "Ayaks" yangi formada debyut o'yinini aynan Yevropa ligasi finalida MYUga qarshi o'tkazadi.