"Ayaks" Bergveynning transferini e'lon qildi

Alisher
8 iyul 2022
"Ayaks" hujumchi Steven Bergveynni "Tottenxem"dan xarid qildi.

Amsterdam klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, 24 yoshli niderlandiyalik bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzolandi.

"Ayaks" hujumchi uchun 31,25 million evro to'ladi.

Eslatib o'tamiz, Bergveyn amsterdamliklar tizimida 2009-2011 yillarda bo'lgan va shundan so'ng PSVga o'tgan.

U o'tgan mavsum London klubi safida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: ajax.nl