Axbor Imomxo'jaev xotira turniri: Ertaga musobaqaga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2023, 17:35
O'zbek sporti jurnalistikasining otaxoni, futbolimiz sharhlovchiligi maktabi asoschisi Axbor Imomxo'jaev xotirasi yo'lida futbol musobaqasi o'tkazilishi haqida xabar bergandik.

Axbor Imomxo'jaev xotira turnirida avval xabar berilganidek 8 ta jamoa ishtirok etishi aniq bo'lib ulgurdi: “Paxtakor” (faxriylar), “Tong” (faxriylar), O'FA (faxriylar), “Jurnalist” (faxriylar), shuningdek, Championat.asia, Sports.uz, “Sharhlovchi”, “Sulola”.

Musobaqa nizomiga ko'ra, faxriy jamoalar alohida, qolgan to'rt jamoa alohida dastlabki uch kun davomida o'zaro maydonga tushadi. Musobaqaning so'nggi kunida esa guruhlardagi jamoalar o'zaro o'rinlar uchun saf tortadi.

Ertaga soat 16:00 da har bir jamoa vakili “Bunyodkor” stadionida yig'ilishi ko'zda tutilgan. Jamoalar qaysi turda o'zaro raqib bo'lishi masalasiga, shuningdek, musobaqaga oid savollarga ertaga oydinlik kiritib o'tiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia