Avstraliya g'irrom yo'lga o'tdi. Ular dron yordamida Gonduras terma jamoasi mashg'ulotini kuzatishdi

Aslanov Jasurbek
14 noya 2017, 17:12
Avstraliya terma jamoasi Gondurasga qarshi bo'lib o'tadigan JCH-2018 saralash bosqichining pley-off javob uchrashuvidan oldin raqiblarining mashg'ulotini dron yordamida kuzatishdi.

Uchar qurilma Sidneydagi stadionda o'tkazilayotgan mashg'ulot paytida arena ustida edi. Gondurasliklar bu ishni raqib taktik uslubni bilib olish uchun qilgan deb hisoblashmoqda.

Eslatib o'tamiz, Gonduras va Avstraliya o'rtasidagi ilk uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan. Javob o'yini 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 14:00da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: 101 Great Goals