Avstraliya - Germaniya. Draksler Man of the Match

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2017, 23:25
Xabar berganimizdek, amaldagi jahon chempioni Germaniya terma jamoasi bugun Konfederatsiyalar kubogining ilk turida Osiyo chempioni Avstraliyani mag'lub (3:2) etgan edi.

Sochi shahridagi “Fisht” stadionida o'tgan o'yinda germaniyaliklarning ikkinchi golini Yulian Draksler penaltidan kiritgandi. Aynan bundestim yarim himoyachisi BUD AF Man of the Match, yani o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Ma'lumot uchun, Konfederatsiyalar kubogida har bir uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi butun dunyo bo'yicha muxlislar o'rtasida o'tkaziladigan so'rov natijalariga ko'ra aniqlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif