

Futbolchi 11 yanvar kuni "Paxtakor" bilan shartnoma imzolagani borasida klub matbuot xizmati xabar berdi. Keyinchalik Avazbek sobiq jamoasiga qaytdi. Bu borada u vaziyatni shunday tushuntirdi:
- "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladim. Garchi erkin agent bo'lib o'tgan bo'lsam-da, shartnoma punktlariga ko'ra, to'lov ishlari olib borilishi kerak edi. Keyinchalik "Paxtakor" va "Bunyodkor" bu summani kelisha olishmadi. Shu sababli "Bunyodkor"ga qaytdim. Barchasi oddiy, - dedi Avazbek O'lmasaliev.



