"Atletiko"da Kavanining xaridini amalga oshmas transfer deb hisoblashmoqda

Aslanov Jasurbek
6 mar 2015, 11:10
"Atletiko" rahbariyati PSJ hujumchisi Edinson Kavanini xarid qilishning iloji yo'q deb hisoblaydi.

Ispan klubi bu transferning moliyaviy tomoniga e'tibor qaratmoqda. Urugvaylik futbolchining transfer narxi va maoshi juda katta. Agar "Atletiko" Kavanini xarid qilsa, unga yiliga 9 mln. evro to'lashiga to'g'ri keladi. "Atletiko" Kavanini "Napoli"da o'ynagan kezlari xarid qilmoqchi bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com