"Atletiko" "Yuventus" yarim himoyachisini nishonga oldi

Alisher Ostonov
17 yanv 2026
Madridning "Atletiko" klubi "Yuventus" va AQSH terma jamoasining 27 yoshli markaziy yarim himoyachisi Ueston Makkenni bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda jurnalist Ben Jakobs yozmoqda.

Insayder ma'lumotiga ko'ra, futbolchining transferi 10 mln evroga baholanmoqda. Turinliklar bilan amaldagi kelishuv kelasi yozda yakuniga etadi.

Makkenni 2021 yildan beri "Yuventus"ga tegishli. U bu mavsumda A Seriyada 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen