"Atletiko" yana bir "Portu" futbolchisini transfer qildi

Alisher
29 may 2019, 17:04
"Portu" yarim himoyachisi Ektor Errera faoliyatini "Atletiko"da davom ettiradi.

Meksikalik futbolchi Madridga kelgan va "matraschilar" bilan 5 yillik shartnomaga qo'l qo'ygan. Yaqin vaqtlarda transfer rasman e'lon qilinadi.

Xavbek "Atletiko"ga erkin agent sifatida o'tmoqda.

Errera mavsumlar oralig'ida "Atletiko"ga o'tgan birinchi "Portu" futbolchisi emas. Oldinroq portugaliyaliklar himoyachisi Felipe ham "Atletiko" futbolchisiga aylangan edi.

Futbolchi joriy mavsum Portugaliya chempionatida 33ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: СЭ