

"Tottenxem" yarim himoyachisi Garri Uinks "Atletiko" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Sky Sports xabariga ko'ra, "matraschilar" Joze Mourinyo qo'l ostida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan angliyalik atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqdalar.
Qayd etilishicha, Madrid klubi yarim himoyachini yozda sotib olishga harakat qiladi. Shu bilan birga "Valensiya" va "Everton" ham Uinksni kuzatib bormoqda.



