"Atletiko" sardori jamoani tark etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
1 dek 2023, 11:48
Ispaniyalik futbolchi shartnomani uzaytirish taklifidan norozi.

Koke "Atletiko" bilan kelishuvi 2024 yilning 30 iyunida tugaydigan futbolchilardan biridir.

Ayni damda iqtisodiy kelishmovchiliklar tufayli kelishuvga erishilmagan, bu esa "qizil-oqlar" sardorining butunlay kutilmagan tomonga ketishi ehtimoli uchun eshikni ochadi. Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.

Bunday vaziyatda Kokening kelajagi Yevropa elitasidan uzoq bo'lishi mumkin, chunki unga Qatar va Saudiya Arabistonidan takliflar tushgan.

Shu bilan birga, Madridning "Atletiko" jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone ispaniyalik yarim himoyachini hozirgi va kelajakdagi asosiy o'yinchi deb hisoblaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes