"Atletiko" sardori "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan: "Ularda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bor, "Barselona" esa eng zo'rlaridan"

Alisher
30 noya 2019, 12:55
"Atletiko" yarim himoyachisi Koke La Liga doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Oldingi mavsumlarga qaraganda hozirgi "Barselona"ni yutish osonroq bo'ladimi?

- Yo'q. Bu dunyoning eng kuchli jamoalaridan biridir, yana ularda dunyodagi eng yaxshi futbolchi o'ynaydi. Shu sababdan, bizga muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi juda ham kerak.

Biz hammasini yaxshi boshlashimiz va va ijobiy jihatlarga e'tibor berishimiz kerak. Uyda, muxlislarimizning qarshisida o'ynaymiz. Qiyin bo'ladi, ammo bizning o'yinimiz muxlislarga yoqishini xohlaymiz, - deydi Koke.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" va "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

"Atletiko" sardori narkobaron? Portugaliya telekanali "kalla qo'ydi"



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS