“Atletiko” prezidenti Suaresning kelajagi haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
19 may 2021, 20:15
“Matraschilar” rahbari Enrike Sereso jamoa hujumchisi Luis Suares haqida fikr bildirdi.

“U yana bir yil qolsa kerak. O'ylashimcha, aynan shunday bo'ladi. Biroq, buni o'zi hal qiladi. U shartnomasini tugatib qo'yadi va hech qanday muammo bo'lmaydi”, deydi Sereso.

Eslatib o'tamiz, urugvaylik forvardning “Atletiko” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca