"Atletiko" prezidenti: "Grizmann dunyoning eng yaxshi uch-to'rt o'yinchilaridan biri. U bizda qoladi"

Alisher
21 may 2022, 11:25
Hujumchi Antuan Grizmann mavsumlar oralig'ida "Atletiko"dan kyetmaydi.

Francuz Madrid klubida "Barselona"dan ijara asosida harakat qilmoqda. Oldinroq, uning Kataloniya jamoasiga qaytishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Ammo, "Atletiko" prezidenti Enrike Sereso 31 yoshli forvardning qolishini aytdi.

"Grizmann men uchun dunyoning eng yaxshi uch-to'rt o'yinchilaridan biridir.

U "Atletiko" o'yinchisi, uning shartnomasi bor, shu sabab u qoladi", - deydi Sereso.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca