"Atletiko" prezidenti: "Chempionlik uchun "Barselona" bilan oxirigacha kurashamiz"
Aslanov Jasurbek
12 fev 2018, 19:08
"Atletiko" prezidenti Enrike Seresoning fikricha, jamoa joriy mavsumda Ispniya chempionligi uchun "Barselona" bilan kurashishga qodir.
"Oxirigacha sovrin uchun kurashamiz. Hali "Barselona" bilan o'ynashimiz kerak. Agar bu bahsda yaxshi natijaga erisha olsak, jadval boshqacharoq, qiziqarliroq ko'rinadi" - deydi Sereso.