"Atletiko" "Marsel" futbolchisiga taklif bilan chiqdi

Mirjalol Normatov
30 yanv 2022, 18:11
"Atletiko" qishki transferlar oynasining so'nggi kunlarida tarkibini kuchaytirishni niyat qilgan.

"Late Football Club" xabariga ko'ra, "matraschilar" "Marsel"ga Bubakar Kamara borasida rasmiy taklif jo'natgan. Unda futbolchining narxi 5 million evroga baholangan. Hozircha futbolchi bu borada bir qarorga kelmagan. Uning klubi bilan kelishuvi yozda yakuniga etadi.

Ushbu mavsumda Kamara chempionatning 18 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Late Football Club