"Atletiko" Lemar bilan xayrlashmoqchi emas

Alisher
9 may 2020, 15:38
"Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemar yozgi transferlar oynasida klubdan kyetmaydi.

24 yoshli fransiyalik futbolchiga "Arsenal" klubi raqobatlashayotgan edi va aynan "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta unga qiziqish bildirayotgan edi.

Ammo, madridliklar rahbariyati futbolchini jamoaning muhim bo'lagi deb hisoblaydi va uni qo'yib yubormaslikka qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, "matraschilar" PSJ forvardi Edinson Kavanini o'z saflariga qo'shib olishmoqchi.

Lemar joriy mavsum La Liga doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS