"Atletiko" klubi yana bir transferni amalga oshirish uchun ishga kirishdi

14 iyul 2019, 12:00
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges va "Atletiko" jamoasi o'zaro ushbu transfyerdan umidvor.

Marca nashrining ma'lumot berishicha, "matraschilar" "Napoli"ga o'tishga yaqin turgan Xamesning transferini amalga oshirishni juda istashmoqda. Kolumbiyalik futbolchi ham Ispaniya poytaxtida qolishni afzal ko'rmoqda, lekin ushbu kelishuvga birgina to'siq "Real" rahbariyati bo'lishi mumkin. Ular LaLigadagi asosiy raqiblaridan biriga futbolchi sotishni hush ko'rishmaydi.



Shunday bo'lsa-da, Zinedin Zidan 12 iyul kuni 28 yoshga to'lgan futbolchini o'zining rejalariga kiritmagan va katta ehtimol bilan Xames yangi mavsumni boshqa klubda boshlaydi. Ayni paytda unga "Atletiko" va "Napoli" jamoalari davogarlik qilishmoqda.

Avvalroq, "matraschilar" "Benfika"dan  Joao Feliksni rekord summa evaziga xarid qilishgandi.

Xamesning otasi o'g'li "Atletiko"ga o'tishiga shama qildi 

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com