"Atletiko" Karrasko bilan ijara shartnomasini uzaytirmoqchi

Alisher
10 iyun 2020, 17:43
"Atletiko" yarim himoyachi Yannik-Ferreyra Karrasko bilan tuzilgan shartnomani uzaytirmoqchi.

Karrasko "Atletiko"ga yanvarda Xitoyning "Dalyan Ifan" klubidan ijara asosida qaytgan edi.

Belgiyalik vingerning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga etadi, ammo klub uni mavsum so'nggiga qadar o'z tarkibida saqlab qolmoqchi.

26 yoshli o'yinchi joriy mavsum "roxiblankos" libosida La Ligada 5ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS