Atletiko Grizmanning tovon pulini 100 million evro qilib qo'ydi
Narzulla Saydullayev
23 iyun 2016, 22:31
Atletiko yarim himoyachi Antuan Grizmann bilan shartnomani uzaytirganini ma'lum qildi.
Futbolchi klub bilan 2021 yilga qadar amal qiladigan shartnoma tuzdi. Yangi kelishuvga ko'ra fransiyalik futbolchini sotib olmoqchi bo'lgan klub Atletikoga 100 million evro tovon puli berishi kerak bo'ladi.