"Atletiko" Grizmanning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Alisher
29 apr 2022, 11:07
"Atletiko" forvardi Antuan Grizmann Madrid klubida qoladi.

31 yoshli francuz "matraschilar" safini tark etmaydi. Poytaxt klubi o'yinchini saqlab qolish uchun "Barselona"ga 40 million evro to'laydi.

Eslatib o'tamiz, Grizmann o'tgan yozda Madrid klubiga "Barselona"dan ijara asosida o'tgandi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal