"Atletiko" Grizmann o'rniga ikki nomzod topib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
15 may 2019, 15:52
"Atletiko" yozda klubni tark etadigan Antuan Grizmann o'rniga yangi hujumchi sotib olmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "matraschilar" fransiyalik o'rniga ikki nomzodni topib qo'ydi. Asosiy maqsad "Yuventus" forvardi Paulo Dibala. Joriy mavsum u asosiy tarkibdagi joyini yo'qotdi. Zaxira varianti esa "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi.

Oldinroq, Dibalaga "Manchester Yunayted" va "Bavariya" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi. Ikardi atrofidagi vaziyatni "Yuventus" va "Real" kuzatib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana