"Atletiko" Godinning o'rniga "Portu"dan futbolchi topdi

Narzulla Saydullayev
17 may 2019, 10:05
"Portu" klubi markaziy himoyachisi Felipe "Atletiko" bilan shartnoma tuzdi.

U "Inter"ga ketayotgan Diego Godinning o'rnini bosishi kutilmoqda. Tomonlar 2022 yil yozgacha bo'lgan shartnomaga imzo chekishgan.

Braziliya terma jamoasida bitta o'yin o'tkazgan 29 yoshli futbolchisi bundan avval "Bragantino", "Korintians" va "Union Moji" jamoalarida o'ynagan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: record