"Atletiko" Germaniya terma jamoasi o'yinchisi uchun kurashga qo'shildi

Alisher
22 okt 2021, 14:23
"RB Zalcburg" hujumchisi Karim Adeyemi uzoq vaqt Avstriya jamoasida qolmaydigan ko'rinadi.

19 yoshli o'yinchiga "Real", "Liverpul" va "Bavariya" qiziqayotgandi. Nemis uchun kurashga raqobatchilarining taklifidan ham yaxshiroq bitim taklif qilmoqchi bo'lgan Madridning "Atletiko" klubi qo'shildi.

Transfermarkt Germaniya terma jamoasining yangi o'yinchisini 20 million evroga baholamoqda.

Forvard joriy mavsum jamoasi tarkibida 17ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario AS