"Atletiko" futbolchisi jarohat oldi

Mirjalol Normatov
2 apr 2022, 01:46
"Atletiko" yarim himoyachisi Ektor Errera mashg'ulotda jarohatlandi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Futbolchining son qismida jarohat aniqlangan. Hozircha uning qachon safga qaytishi aniq emas.

"Atletiko"ning navbatdagi uchrashuvi 2 aprel kuni bo'lib o'tadi. Unda madridliklarga "Alaves" raqiblik qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/atleti