"Atletiko" Felishga 6 million evro maosh berishga tayyor

Alisher
12 iyun 2019, 17:15
Madridning "Atletiko" klubi "Benfika" yarim himoyachisi Joau Felishni sotib olishni rejalashtirmoqda.

"Matraschilar" portugaliyalik futbolchiga yiliga 6 million evro miqdoridagi maosh berishga tayyor. Futbolchining transferi uchun esa 120 million evro to'lashga to'g'ri keladi.

Felishning o'zi ham "Atletiko" variantiga ko'proq qiziqmoqda. O'yinchi Madridga ko'chib o'tgan taqdirda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 8ta assistga erishdi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS