"Atletiko" Demikelis uchun 5 million so'rayapti

Tolibjon Qosimov
16 avg 2013, 18:00
Madridning "Atletiko" klubi Demikelis sotuvidan yaxshi pul ishlamoqchi.
Avval xabar berganimizdek, "Manchester Siti" Nastasich jarohat olgani sabab, uning o'rnini to'ldirishning muqobil variantlarini qidirmoqda. Ular "Real" bilan Pepe borasida "Atletiko" bilan esa Demikelis bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda. qo'lga kiritish osonroq bo'lgan variant esa ayni damda Demikelisdir.
 
32 yoshli argentinalik futbolchi biroz muddat avval erkin agent sifatida "Atletiko"ga kelib qo'shilgandi. Endi esa madridliklar uni 5 million evro evaziga sotishmoqchi.
 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.ua