"Atletiko" Bundesligadan futbolchi xarid qilishga yaqin turibdi

Alisher Ostonov
27 iyul 2025, 11:50
"Shtutgart" yarim himoyachisi Enzo Miyo tez orada faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin.

Nemis klubi "Atletiko"ga 23 yoshli fransiyalik hujumkor yarim himoyachi bilan muzokara o'tkazishga rasman ruxsat berdi. Tomonlar allaqachon muloqotning yuqori bosqichida, futbolchining tovon puli esa 23 million evro etib belgilangan. Nemis klubidagilar bu transfer amalga oshishiga ishonmoqda.

Miyo Bundesliganing o'tgan mavsumida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 5 ta golga hammualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sky Sports