"Atletiko" "Bayer" yarim himoyachisi Kamplni nishonga oldi

Aslanov Jasurbek
6 mar 2017, 16:10
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Bayer" yarim himoyachisi Kevin Kamplni nishonga oldi.

Futbolchi va agent bu ma'lumotni tasdiqlashmadi.

"Men bu ma'lumotga izoh bermayman" - deydi sloveniyalik futbolchi.

"Bayer" ayni damda og'ir damlarni boshidan kechirmoqda.

Kampl joriy mavsumda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

Bundesliga turnir jadvali bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker