"Atletiko" "Barselona" futbolchisini sotib olishga tayyor

Mirjalol Normatov
5 apr 2020, 14:29
"Atletiko" yarim himoyachi Ivan Rakitichni "Barselona"dan sotib olishga tayyorlanmoqda.

Madridliklar futbolchi uchun 20 mln evrodan voz kechishga tayyor turibdi. Rakitich o'z agentlari bilan uchrashgan va "Atletiko" borasida suhbat olib borgan.

Xorvatiyalik futbolchi Ispaniyada qolishni istamoqda. Oldinroq u "Sevilya"ga qaytishni rejalashtirayotgani borasida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Rakitichning "Barselona" bilan kelishuvi 2021 yilga qadar davom etadi. Ushbu mavsumda u Ispaniya chempionatining 20 o'yinida qatnagshdi va 3 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail