"Atletiko" 30 mln. evrolik transfer borasida kelishib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2019, 17:51
"Portu"ning ikki futbolchisi yozda "Atletiko"ga o'tadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi 30 mln. evro evaziga himoyachi Aleks Tellesni sotib oladi. Shartnomada futbolchining tovon puli 40 mln. evro edi.

Bundan tashqari, "Atletiko" yozda erkin agentga aylanadigan xavbek Ektor Errera bilan shartnoma imzolaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola