Astori o'limi borasida jinoiy ish ochildi

Aslanov Jasurbek
5 mar 2018, 20:10
Italiyada "Fiorentina" sardori Davide Astori o'limi munosabati bilan jinoiy ish ochildi.

"Qasddan qilinmagan qotillik shubhasi bilan jinoiy ish ochdik. 

Hozircha shubha ostida hech kim yo'q. Surishtiruv ishlarini olib boryapmiz, yaqin vaqt ichida natijalar ma'lum bo'ladi" - deydi Udine prokurori Antonio De Nikolo.

Eslatib o'tamiz, 4 mart kuni tongda mehmonxona nomerida Astorini o'lik holda topishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia