Davide Astori o'limida ikki shifokor gumon qilinyapti

Aslanov Jasurbek
11 dek 2018, 11:33
"Fiorentina" sobiq sardori Davide Astori ishida ikki shifokor qasddan bo'lmagan qotillikda gumon qilinmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi 2016 va 2017 yilllarda bir qator tibbiy testlardan o'tgan. Ularda yurakda jiddiy muammo borligi aniqlangan edi. Ammo Astorining elektrodiagrammalarini o'rgangan va test o'tkazgan ikki shifokor italiyalik futbolchiga sog'-salomat ekanligini bildiruvchi ma'lumotnoma bergan.

Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Astori 2018 yilning 4 martida Udinedagi mehmonxonada vafot etgan. Oldinroq, futbolchi yurak faoliyati tezlashgani tufayli olamdan ko'z yumgani taxmin qilingan edi, biroq futbolchi o'limining haqiqiy sababi hozirgacha aniqlangani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP