Astori uyqusida vafot etmagan edi

8 iyun 2018, 15:03
"Fiorentina" klubi sobiq himoyachisi Davide Astori uyqusida vafot etmagan, deya xabar bermoqda Corriere della Sera nashri.

Tibbiy ekspertizadan so'ng shifokorlar shunday qarorga kelishdi. Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi bradiaritmidan emas balki taxiaritmidan vafot etgani ma'lum bo'ldi. Astori o'limidan oldin uning yuragi sekin urmagan, aksincha tez ura boshlagan va uyg'onib ketgan. Astori uxlayotgan vaqtida vafot etmagan, shifokorlarning aytishiga ko'ra, kimdur o'sha yerda bo'lganida uni qutqarib qolish mumkin edi. Afsuski futbolchi jamoa sardori bo'lgani tufayli yotoqxonada bir o'zi yashagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru