"Aston Villa" yana ikki taniqli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Оқил Абдубарноев
10 yanv 2022, 01:05
"Aston Villa" mavsumning ikkinchi yarmida Angliya Premer-ligasida yuqori o'rinlar uchun kurashish uchun qishki transfer oynasida tarkibni mustahkamlamoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, "Yuventus" yarim himoyachisi Aaron Remzi Stiven Jerrard murabbiyligidagi jamoaga o'tishi mumkin. Avval xabar qilinganidek, turinliklar futbolchini hatto tekinga ham qo'yib yuborishga tayyor.

Bundan tashqari, "Aston Villa" "Everton"ning chap qanot himoyachisi Lyuka Din uchun kurashga qo'shilishga harakat qiladi. Jurnalist Nikolo Skiraning takidlashicha, tomonlar hatto transfer bo'yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Mirror