Aston Villa ilk bor APLni tark etdi

Narzulla Saydullayev
16 apr 2016, 22:05
Aston Villa APL 34-turida Manchester Yunaytedga yutqazib qo'ydi (0:1).

Chempionat tugashiga to'rt tur qolganida Birmingem klubi quyi ligaga tushib ketishi rasman ma'lum bo'ldi. Oxirgi turlarda har qanday natija qayd etilsa ham jamoa APLda jon saqlab qola olmaydi.

Aston Villa so'nggi bor 1986/87 yilgi mavsumda Angliya chempionatidan quyi ligaga tushib ketgandi. Klub 1992 yildan boshlab o'tkazib kelinayotgan Angliya premer-ligasidan ilk bor tushib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe