Superliga. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Nasaf" "Bunyodkor"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
16 iyul 2026, 21:55
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga, 12-tur

"Bunyodkor" – "Nasaf" 1:3

16 iyul 2026 yil. Toshkent, "Olimpiya" stadioni. 20:00

Hakamlar: G'ayrat Jo'raev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nechoxin, Dias Galiev

VAR: Jasur Muxtorov

AVAR: Islom Azimov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Bekzod Aripov.

Gollar: 1:0 – 5, Bilolxon Toshmirzaev (Dmitriy Pletnyov), 1:1 – 14, Bobir Abdixoliqov (Yusuf Otubanjo), 1:2 – 61, Bobir Abdixoliqov, 1:3 – 64, Yusuf Otubanjo (Murodbek Rahmatov)

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo'ldoshev, 8.Dmitriy Pletnyov, 9.Matiya Krivokapich (3.Sardor Rahmonov, 46), 17.Muzaffar Olimjonov, 18.Narimonjon Ahmadjonov (28.Samandarjon Mavlonqulov, 60 (11.Sardor Abdunabiev, 84)), 21.Nosirjon Abdusalomov, 45.Shamsiddin Tursunmuhammadov (20.Abdulfayz Bobomurodov, 68), 66.Azizbek To'lqinbekov (10.Amir To'raqulov, 68), 77.Bilolxon Toshmirzaev.

Zaxira: 16.Federiko Botti, 27.Islom Anvarov, 81.Abdusamir Ilhomov, 88.Mirkamol Annamatov.

"Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 4.Akrom Komilov (2.Alibek Davronov, 90+4), 5.G'olib G'aybullaev, 7.Adenis Shala (22.Diyorbek Abdunazarov, 80), 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 10.Bobir Abdixoliqov (27.Yashnarbek Berdirahmonov, (90+4), 14.Sharof Muhitdinov (76.Zafar Sadullaev, 90+4), 15.Oybek Rustamov (6.Sardor Bahromov, 80), 17.Murodbek Rahmatov, 20.Yusuf Otubanjo, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 3.Mashhurbek Abdisoliev, 23.Dilshod Murtazaev, 32.Quvonchbek Xushvaqtov.

Ogohlantirishlar: Yusuf Otubanjo (57), Muzaffar Olimjonov (77)

Chetlatish: Yusuf Otubanjo (86, ikkinchi ogohlantirish)

90+5' – Uchrashuv yakunlandi! Bosh hakam G'ayrat Jo'raevning final hushtagi chalindi.

"Nasaf" safarda kechgan qiziqarli va shiddatli bahsda "Bunyodkor" ustidan ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Ikkinchi bo'limda Bobir Abdixoliqov va Yusuf Otubanjo tomonidan kiritilgan gollar mehmonlarga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. O'yin so'ngida qarshiliklar bir kishi kam bo'lib qolishganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olishdi.

Yakuniy hisob: "Bunyodkor" – "Nasaf" – 1:3. O'yinni biz bilan birga kuzatganingiz uchun tashakkur!

90+4' – “Nasaf” tarkibida birato'la uch o'zgarish amalga oshirildi.

90' – Uchrashuvning asosiy vaqti o'z nihoyasiga etdi. Bosh hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar va vaziyatlarni inobatga olib, asosiy vaqtga 5 daqiqa qo'shib berdi. Keyingi daqiqalar ancha shiddatli kechishi aniq!

86'Qizil kartochka! "Nasaf" maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi!

Jamoasining uchinchi goli muallifi Yusuf Otubanjo raqibga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi. Mehmonlar uchrashuv so'nggini ozchilik bo'lib o'tkazishadigan bo'ldi.

84' – "Bunyodkor" tarkibida navbatdagi o'zgarish. Maydonga 60-daqiqadagina tushgan Samandarjon Mavlonqulov zaxiraga olindi. Uning o'rniga Sardor Abdunabiev uchrashuvning qolgan qismida harakat qiladigan bo'ldi.

80' – "Nasaf" tarkibida bir yo'la ikkita o'zgarish. Mehmonlar bosh murabbiyi o'yin tizginini ushlab qolish va tarkibni yangilash maqsadida zaxira kuchlarini maydonga tushirdi:

Oybek Rustamov va Adenis Shala maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Sardor Bahromov hamda Diyorbek Abdunazarov uchrashuvni davom ettirish uchun maydonga tushirildi.

77' – "Nasaf" futbolchisi Bobir Abdixoliqovning qochib ketishini qo'pollik bilan to'xtatib qolgan "Bunyodkor" yarim himoyachisi Muzaffar Olimjonov hakam tomonidan ogohlantirildi va unga sariq kartochka ko'rsatildi.

69'Xavfli vaziyat! "Nasaf" vakillaridan navbatdagi hujum. Adenis Shala raqib darvozasi tomon olis pastki burchakni ko'zlab kuchli zarba yo'lladi, biroq "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov mahorat ko'rsatib, seyv amalga oshirdi va jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. Burchak to'pi.

68' – "Bunyodkor" tarkibida bir yo'la ikkita o'zgarish. Mezbonlar bosh murabbiyi o'yinni qutqarish maqsadida zaxiradan yangi kuchlarni maydonga tashlamoqda:

Azizbek To'lqinbekov va Shamsiddin Tursunmuhammadov maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga Amir To'raqulov hamda Abdulfayz Bobomurodov uchrashuvni davom ettirish uchun maydonga tushishdi.

64'GOOOOL! "Nasaf" farqni oshirmoqda! 1:3!

Yusuf Otubanjo o'z mahoratini namoyish etdi! Raqib jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib olgan hujumchi sovuqqonlik bilan harakat qildi – himoyachi Boburbek Yo'ldoshev va darvozabon Abdumavlon Abdujalilovni chiroyli harakat bilan aldab o'tib, to'pni bo'sh darvozaga joylab qo'ydi!

61'GOOOOL! "Nasaf" hisobda oldinga chiqib olmoqda! 1:2!

Bobir Abdixoliqov dublni rasmiylashtirdi! Raqib jarima maydoni ichidagi tartibsizlikdan so'ng, himoyachilardan qaytgan to'pga birinchi bo'lib yetib kelgan Abdixoliqov chap oyoqda erlatib darvozaning olis pastki burchagini aniq nishonga oldi. Darvozabon ojiz qoldi!

60' – "Bunyodkor" tarkibida navbatdagi o'zgarish. Narimonjon Ahmadjonov maydonni tark etdi, uning o'rniga Samandarjon Mavlonqulov uchrashuvni davom ettiradigan bo'ldi.

57' – Maydonda kutilmagan vaziyat! Bosh hakam G'ayrat Jo'raev o'yinni to'xtatdi va VARdagi hamkasblarining tavsiyasiga ko'ra monitor oldiga yo'l oldi. Vaziyatda Yusuf Otubanjo raqib himoyachisi Narimonjon Ahmadjonovning yuziga tirsagi bilan zarba bergani tasvirlangan bo'lib, ehtimoliy qizil kartochka ko'rib chiqildi.

Monitorni batafsil o'rganib chiqqan hakam maydonga qaytdi va "Nasaf" hujumchisi Yusuf Otubanjoga sariq kartochka ko'rsatish bilan cheklandi.

50' – "Nasaf" vakillaridan navbatdagi xavfli urinish. Murodbek Rahmatov raqib darvozasi tomon olisdan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustunining yonidan o'tib ketdi.

46' – "Bunyodkor" tarkibida o'zgarish. Tanaffus vaqtida mezbonlar bosh murabbiyi tarkibni yangilashga qaror qildi: hujumchi Matiya Krivokapich o'rniga himoyachi Sardor Rahmonov o'yinga qo'shildi.

46' – Uchrashuvda ikkinchi bo'lim boshlandi! G'ayrat Jo'raevning hushtagidan so'ng futbolchilar o'yinni davom ettirishmoqda. Ko'raylik-chi, ikkinchi 45 daqiqalik bizga qanday sovg'alarni tayyorlab qo'ygan ekan.

45+2' – Birinchi bo'lim yakunlandi! Hakam G'ayrat Jo'raev xushtagini chalib, futbolchilarni tanaffusga taklif etdi.

Hozircha hisob durang: "Bunyodkor" – "Nasaf" – 1:1. Birozdan so'ng ikkinchi bo'lim start oladi.

45+1' – "Nasaf" bo'lim so'nggida hisobda oldinga chiqib olishi mumkin edi. Bobir Abdixoliqov raqib darvozaboni o'z chizig'idan oldinga chiqib ketganini ko'rib, to'pni uning ustidan oshirib darvozaga yo'llashga harakat qildi, biroq ijroga aniqlik yetishmadi – to'p noaniq ketdi.

45' – Birinchi bo'limning asosiy vaqti o'z nihoyasiga etdi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

41' – "Bunyodkor" vakillaridan hujum. Bilolxon Toshmirzaev o'ng qanotdan markaz tomon faol harakatlanib, raqiblarini ortda qoldirdi va chap oyoqda darvozaga zarba yo'lladi. "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne'matov o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.

36'Xavfli vaziyat! Har ikki darvoza oldida ketma-ket shiddatli lahzalar yuzaga keldi.

Avvaliga "Nasaf"ning o'ng qanotdan uyushtirgan hujumidan so'ng jarima maydoniga oshirilgan to'pni Yusuf Otubanjo darvozaga yo'lladi, biroq himoyachi to'p yo'liga g'ov bo'ldi. Bahs shu zahoti mezbonlarning tezkor qarshi hujumiga ulanib ketdi: "Bunyodkor" yarim himoyachisi Nosirjon Abdusalomov qulay vaziyatdan raqib darvozasini nishonga oldi, biroq uning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi!

33' – "Nasaf" jamoasidan navbatdagi xavfli hujum. Sharof Muhitdinov raqib jarima maydoni ichida qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, biroq u zarba berishga ulgurmadi – "Bunyodkor" himoyachisi tezkor harakat qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Burchak to'pi.

29' – Bobir Abdixoliqov raqib darvozasini uzoq masofadan o'qqa tutib ko'rdi, biroq uning yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi.

27'Xavfli vaziyat! "Nasaf" gol urishga juda yaqin keldi. Jarima maydoni ichiga yorib kirgan Bobir Abdixoliqov qulay imkoniyatdan darvozaga kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi! "Bunyodkor" baxtiga to'p darvoza chizig'ini kesib o'tmadi.

24' – Uchrashuv bosh hakami futbolchilarga suv ichib, nafas rostlab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qildi. Havo harorati yuqori bo'lgani sababli jamoalar murabbiylar ko'rsatmalarini tinglab olishmoqda.

23' – "Nasaf" himoyachisi G'olib G'aybullaev raqib darvozasi tomon olisdan juda kuchli zarba yo'lladi. "Bunyodkor" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov ishonchli harakat qilib, xavfli zarbani qaytarishga erishdi!

21' – "Bunyodkor" vakillarida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Mezbonlar hujumchisi raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqishi mumkin edi, biroq "Nasaf" himoyachisi Umar Eshmurodov juda ishonchli harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.

14'GOOOOL! "Nasaf" hisobni tenglashtirmoqda! 1:1!

Mehmonlarning tashkil etgan chiroyli kombinacion hujumi samara berdi. Jarima maydoniga oshirilgan to'pni Bobir Abdixoliqov darvozaga aniq yo'llab, muvaffaqiyatli yakunladi va muvozanatni tikladi!

12' – "Nasaf" futbolchilaridan xavfli hujum. Adenis Shala raqib darvozasi tomon olisdan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

10' – Maydon markazida qoida buzildi. "Bunyodkor" himoyachisi Azizbek To'lqinbekov raqibi Oybek Rustamovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam o'yinni to'xtatib, mehmonlar foydasiga jarima to'pi belgiladi.

5'GOOOOL! Mezbonlar uchrashuvda hisobni ochishmoqda! 1:0!

"Bunyodkor" futbolchilari tashkil etgan tezkor qarshi hujum gol bilan yakunlandi. Bilolxon Toshmirzaev to'p bilan tezkorlikda oldinga intildi va raqib jarima maydoni yaqinidan yo'llagan aylanma zarbasi bilan darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi! Abduvohid Ne'matov sakrab ham to'pga eta olmadi, supergol!

1' – Hakam G'ayrat Jo'raevning hushtagi chalindi va Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida uchrashuvga start berildi!

Jamoalar "Olimpiya" stadioni maydoniga chiqib kelishmoqda. Bugungi bahsda mezbonlar – "Bunyodkor" futbolchilari to'q binafsharang, mehmonlar – Qarshining "Nasaf" jamoasi esa to'liq qizil libosda harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia