Ashraf Milan klubiga o'tdi (Janluka Di Marcio)

30 iyun 2020, 23:42
Madridining "Real" klubi himoyachisi Ashraf Xakimi "Inter" futbolchisiga aylandi.

Marokashlik futbolchi "neradzurrilar" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan. Kelishuv tez orada ommaga e'lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqida mashhur italiyalik jurnalist Janluka Di Marcio xabar qildi.

"Inter" Ashraf uchun 40 mln evro (+bonus) to'lashi aytilmoqda. Bundan tashqari, "qirollik klubi"da futbolchini qayta sotib olish huquqi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/DiMarzio