Arteta “Nyukasl” bilan nursiz durang haqida: “Arsenal” 2 ta penalti tepishi kerak edi”

Eldor Akmurzayev
4 yanv 2023, 09:35
Angliya chempionati 19-turida jadvali peshqadami bo'lgan “Arsenal” “Nyukasl” bilan nursiz durang o'ynadi – 0:0.

Mazkur bahsdan keyin londonliklar ustozi Mikel Arteta o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Futbolchilarimdan juda faxrlanaman. Qanday o'ynagamiz, ustunlik qilganimiz, kurashganimiz va nazoratni o'z qo'limizga olganimizdan. Bizga maydon oxiridagi uchinchi qismda uchqun kerak edi. Bunday holatlar etarlicha bo'ldi. Keyin esa 2 ta bahsli (hisoblanmagan) penaltilar.

Ikkita penalti bor edi. Hammasi oddiy. Ko'rganimni aytyapman. Ikki bahsli penalti. Uddalagan ishimizdan faxrlanaman.

O'ylashimcha, bu o'yinda imkoniyatlardan to'la foydalanish uchun bizga qo'shimcha to'pga teginish va harakat yetishmadi. Agarda g'olib bo'la olmasangiz, yutqazmasligingiz kerak. Va biz gol o'tkazmagan holda yaxshi futbol namoyish etdik.

Bu o'yinda g'alaba qilishni xohlagandim, ammo durang o'ynadik. Maydonning final (raqib tomoni) qismida yaxshiroq harakat qilishimiz lozim edi. Bu bahsda yutishimiz uchun esa ikkita penaltini tepishimiz shart edi”, deydi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport