Arteta: "Holatimiz avvalgidan yaxshi, lekin..."

Aziz Tukhtamuradov
16 dek 2021, 08:26
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Vest Xem" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yinimizdan xursandman. Ishga munosabatimiz, biz namoyish etgan sifat muhim edi. Bu o'yinda ustunlik qilish qiyin bo'lgan jamoaga qarshi bahsda yaxshi ta’sir qiladi. 

Harakatlarimizdan mamnun bo'ldim, chunki "Vest Xem" ustidan g'alabaga erishish uchun haqiqatdan ham yaxshi o'yin ko'rsatishimiz shartligini bilardim. 

Chempionat may oyida yakunlanadi. Holatimiz avvalgiga qaraganda yaxshi, lekin biz yanada yuqorilamoqchimiz", - dedi Arteta. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC Sport