"Arsenal"dagilar havotirda

Aslanov Jasurbek
24 dek 2024, 00:57
Bukayo Saka bahorgacha safdan chiqqan bo'lishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda (5:1) jarohat olgan vinger yaqin vaqt ichida shifokor ko'rigidan o'tadi va shundan so'ng shikastlanish darajasi ma'lum bo'ladi.

Ammo "Arsenal"dagilar jamoa yetakchisi fevral oxiri yoki mart boshigacha safdan chiqqan bo'lishi mumkin deb o'ylashmoqda.

"To'pchilar" Sakaning tiklanishiga ehtiyotkor munosabatda, chunki bu uning joriy mavsumdagi uchinchi jarohati.

Raxim Sterling sog'ligida ham muammolar aniqlandi. U tizzasida og'riq borligidan shikoyat qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail