"Arsenal" "Yuventus" futbolchisini sotib olishni uddalay olmadi

Mirjalol Normatov
4 avg 2019, 12:59
"Goal" nashri xabariga ko'ra, "Yuventus" Daniele Rugani borasida "Arsenal" bilan muzokaralar o'tkazishdan bosh tortdi.

"Kanonirlar" futbolchini sotib olish sharti bilan ikki yilga ijaraga olmoqchi bo'lishgandi. Ammo turinliklar uni birdaniga sotib yuborishni istashdi.

Ruganining xizmatlariga "Milan", "Everton", "Vest Xem", "Valensiya" kabi klublar tomonidan qiziqishlar bo'lgandi. Ammo ularning orasida faqatgina "Arsenal" unga asosiy da'vogarlik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal