"Arsenal" yozda "Lester" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Mirjalol Normatov
13 yanv 2022, 00:56
"Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemans yozda jamoasini tark etishi mumkin.

"Goal" xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Arsenal" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Agarda klub kelasi mavsum uchun YCHLga chiqadigan bo'lsa, futbolchini tarkibga qo'shib olish variantlarini ko'rib chiqadi. Hozirda futbolchining o'zi ham klubi bilan shartnomasini uzaytirish niyatida bo'lmayapti.

"Arsenal" va Tilemans muzokaralar olib borgan va ikki tomon ham voqealar rivojiga qarab ish tutilishini kelishib olishgan.

Ushbu mavsumda Tilemans APLning 14 o'yinida qatnashib, 5 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal