"Arsenal" va "Liverpul" APLda eng ko'p penaltini ko'kka sovurgan

Tolibjon Qosimov
30 okt 2017, 12:07
Dam olish kunlari Angliyada milliy chempionat 10-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" o'z maydonida Premer-liga debyutanti "Xaddersfild"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Ana shu uchrashuvning 42 daqiqasida liverpulliklarning misrlik legioneri Muhammad Salax 11 metrlik nuqtadan gol ura olmadi.

Shu tariqa, "Liverpul" klubi "Arsenal" bilan birga Premer-liga tarixida eng ko'p penaltini ko'kka sovurgan jamoalar bo'lib turishibdi. Bu ikki klub jami 34tadan 11 metrlikdan foydalana olishmagan.




Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball