“Arsenal” navbatdagi transferga yaqin

Eldor Akmurzayev
2 iyul 2022, 09:10
Belgiya TJ yarim himoyachisi Yuri Tilemans faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishi mumkin.

“Lester” xavbeki londonliklar bilan muzokaralar olib borgan va shaxsiy bitim bo'yicha kelishuvga erishgan. “Arsenal” endi “tulkilar”ga to'lanadigan tovon puli masalasini hal etishi qoldi.

“To'pchilar” futbolchining transferiga 37 mln funt sarflashga tayyor.

Avvalroq, 25 yoshli Tilemansga “Manchester Yunayted” hamda “Real” qiziqish bildirgandi. U yakunlangan mavsum APLda 32 bahsda qatnashib, 6+4 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Give Me Sport