Arsenal muxlislari Kasorlani yanvar oyida eng yaxshi deb topishdi

Narzulla Saydullayev
4 fev 2015, 09:31
Ispaniyalik yarim himoyachi Santi Kasorla Arsenal muxlislari tomonidan yanvar oyida (61,6% ovoz) eng yaxshi futbolchi deb topildi.
O'tgan oyda futbolchi 2ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.

Kuchli uchlikka Fransis Koklen (14,4%) va Aleksis Sanches (13,1%) kirishdi.

Eslatib o'tamiz, dekabr oyida ham Arsenal muxlislari Kasorlani eng yaxshi deb tan olishgandi. Unga qadar uch oy ketma-ket Aleksis Sanches tengsiz bo'lgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru