"Arsenal" Italiyadan Chexga o'rinbosar topdi

22 yanv 2019, 15:59
"Arsenal" Petr Chexning o'rnini to'ldirish uchun ishlarni boshlab yuborgan.

"Kanonirlar" mavsum tugaganidan so'ng faoliyatini yakunlashni ma'lum qilgan Chexning o'rniga nomzod ko'rib chiqmoqda. Janluka Di Marciodek italiyalik jurnalistning xabar berishicha, asli "Yuventus" kiperi bo'lgan va hozirda "Sampdoriya"da ijara huquqi asosida o'ynayotgan Emilya Audero londonliklarning e'tibor markazida bo'lib turibdi.

22 yoshli darvozabon mazkur mavsumda "Sampdoriya"ning 20ta uchrashuvida ishtirok etib, 26ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Manba: gianlucadimarzio.com/